Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlangan Bahodir Nizomovich Qurbonovga navbatdagi maxsus general-polkovnik harbiy unvoni berildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
U 2019-yil 11-fevralidan beri Mudofaa vaziri sifatida ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Qurbonov 1969-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1990-yilda O‘zbekiston IIV Oliy tergov maktabiga, 1992-yilda esa O‘zbekiston IIV Oliy maktabiga o‘qishga qabul qilingan.
1994-1996-yillarda Jizzax IIO tergov bo‘limida avval tergovchi, so‘ngra katta tergovchi bo‘lib ishlagan. 1996-yilda Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limining Noqonuniy valyuta operatsiyalariga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimi, 1997-1998-yillarda Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi 1-bo‘limi tezkor xodimi, 1998-yilda 2-bo‘limi katta tergovchisi lavozimiga tayinlangan. 1999-yilda ushbu bo‘limning 3-bo‘limi katta tergovchisi, shuningdek, Jizzax tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tergovchisi lavozimlarida ishlagan. Shu yili viloyat IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi 3-bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bundan tashqari, Jizzax viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2002-yilda Jizzax tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 2005-yilda G‘allaorol tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tgan. 2008-yilda Ichki ishlar vazirligi Patrul xizmati bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Shu yili Namangan viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
2013-yil 24-dekabrdan 2015-yil 27- dekabrgacha Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2015- yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 2017-yil 14-yanvarda unga general-mayor unvoni berilgan. 2018 yil 12-fevraldan 2019-yil 11-fevralgacha Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni lavozimida ishlagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!