Jahon

O‘g‘irlangani aytilayotgan sionist ravvinining jasadi topildi

O‘g‘irlangani aytilayotgan sionist ravvinining jasadi topildi

21-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)da sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan ravvin Zvi Kogan o‘lik holda topildi.

Ibroniy nashrlarining yozishicha, Isroil bosh vaziri Netanyaxu idorasi mamlakat bosqinchi armiyasining “Givati” ​​brigadasida xizmat qilgan, BAAdagi yahudiy jamiyati ravvinining o‘ldirilishini «antisemistik terrorchilik harakati» deb atadi. Shuningdek, Isroil hukumati «aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun barcha vositalarni ishga solishga vaʼda bergan».

Avvalroq sionist ravvinini O‘zbekistonliklar o‘g‘irlab ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning mashinasi Al-Ayn shahridan topilgan.

Isroil nashrlarining Mossad razvedka xizmatiga tayanib yozishicha, ravvin 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va hatto o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilingandi.