Jahon, Madaniyat

Afg‘onistonda Alisher Navoiy haykali yuzasidan “Tolibon” izoh berdi

Afg‘onistonda Alisher Navoiy haykali yuzasidan “Tolibon” izoh berdi

Avvalroq Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy haykali buzilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur voqeaga “Tolibon” hukumati ham munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, haykal o‘rnatilgan joy buyuk mutafakkir xotirasiga munosib emasligi bois yodgorlik olib tashlangan. Tolibon hukumati Navoiy sharafiga alohida majmua qurilishini va maydonga uning nomi berilishini va’da qilmoqda.

Ammo mahalliy Amu.tv nashri yozishicha, bu qaror mamlakatdagi ayrim ta’lim vakillari va siyosatchilar noroziligiga sabab bo‘lgan. Ularning fikricha, toliblar boshqa xalqlarning ma’naviy merosiga putur yetkazib, Afg‘onistonning madaniy va tarixiy o‘ziga xosligini kamsitmoqda.

20-avgust kuni esa 20 ta xalqaro tashkilot qo‘shma bayonot chiqirib, bu voqeani “xalq xotirasiga ochiq hujum” deya baholadi va YUNESKOni afg‘on merosini himoya qilishga chaqirdi.