O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarlari Angliyaning Manchester shahrida bo‘lib turibdi. Bu haqda ularning ijtimoiy tarmoqlardagi postlarida ma’lum qilingan.
MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, tashkilot bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola mashg‘ulot jarayonida mehmon bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, jamoa safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ham to‘p surmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, tashrif City Football Group bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq kompaniya O‘zbekistonda futbol klubini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!