22–23 avgust kunlari Toshkent viloyati Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida 3-marotaba “Uzum sayli” xalqaro festivali o‘tkazilmoqda. Tadbir Turizm qo‘mitasi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Festival doirasida uzumchilik va vinochilikka bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, qishloq xo‘jaligi yarmarkalari hamda folklor jamoalari va san’atkorlarning konsert dasturlari o‘tkazilmoqda.

Unda mamlakatning turli hududlaridan fermerlar, enoturizm yo‘nalishidagi tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislar ishtirok etmoqda. Shuningdek, Italiya, Turkiya, Serbiya, Rossiya, Koreya, Gruziya va Ozarbayjondan olimlar ham tashrif buyurishdi.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, festivalning asosiy maqsadi uzumchilik sohasida tajriba almashish, enoturizmni rivojlantirish va xorijiy sayyohlarni jalb etishdan iborat.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!