Jinoyat

Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi

Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Uzbekistan Airports AJ buyurtmachiligida oʻtkazilgan 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishlarni aniqladi. Xarid “bodi-kameralarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish” xizmatiga oid bo‘lgan.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, tanlov hujjatlarida belgilangan talablar asosida ishtirokchilarning takliflari to‘liq va xolis baholanmagan, o‘zaro affillangan shaxslar xaridda qatnashgan hamda baholash jarayonida qator xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Natijada xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilindi. Shu bilan birga, noqonuniy davlat xaridining oldi olindi.

O‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar esa qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.