Jondor tumanining Ushot qishlog‘iga Turizm qo‘mitasi tomonidan rasmiy ravishda “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi. Mazkur maqomga oid maxsus sertifikat tantanali marosimda topshirildi.

Turizm qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Ushot qishlog‘i hunarmandchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, tandirsozlik va milliy taom tayyorlash kabi yo‘nalishlarda o‘ziga xos salohiyatga ega. Shu bois mazkur hudud sayyohlar uchun jozibali manzil sifatida e’tirof etildi.

Loyiha doirasida “Varaxsha” arxeologik yodgorligi, “Qizbibi” ziyoratgohi, “Zarafshon” sohilbo‘yi maskani hamda Ushot turizm qishlog‘ini birlashtirgan “turistik halqa” yaratish rejalashtirilmoqda. Bu esa qisqa muddatli marshrutlarni shakllantirish imkonini beradi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, yangi maqom mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish va hududning turizm salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!