Jamiyat

NNT faoliyatiga noqonuniy aralashuv uchun jarima belgilandi

NNT faoliyatiga noqonuniy aralashuv uchun jarima belgilandi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) huquqlari mustahkamlandi.

Davlat mansabdorlari NNT faoliyatiga noqonuniy aralashsa, 2,88 mln so‘mdan 4,12 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi. Agar huquqbuzarlik bir yil ichida takrorlansa, jarima 4,12 mln so‘mdan 6,18 mln so‘mgacha oshadi.

Ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritgan NNTlarga 6,18 mln so‘mdan 10,3 mln so‘mgacha jarima belgilandi. Ilgari eng yuqori jarima 12,36 mln so‘m edi.

Mazkur o‘zgarishlar davlat organlari va NNTlar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan bo‘lib, qonuniylikni ta’minlash va takroriy huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda.