Navoiy viloyatida noqonuniy faoliyat yuritayotgan ohak pishirish xumdonlariga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi, prokuratura, IIB va Milliy gvardiya xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida Karmana tumani “Yangiariq” mahallasidagi xumdonlarda atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilayotgani aniqlandi.
Shuningdek, xatlov jarayonida bir nechta ohak ishlab chiqarish sexlari ham hujjatlarsiz faoliyat yuritib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Natijada belgilangan ekologik talablarga rioya qilinmagani uchun 36 ta noqonuniy ohak pishirish xumdonlari buzib tashlandi.
Mutasaddilar ma’lum qilishicha, tekshiruvlar davom etmoqda va boshqa noqonuniy xumdonlar ham bosqichma-bosqich to‘xtatiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!