Silk Avia aviakompaniyasi sentabr va oktabr oylarida bir qator mahalliy reyslarni texnik sabablarga ko‘ra bekor qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
To‘xtatiladigan qatnovlar ro‘yxati:
US753/754 Toshkent — Termiz — Toshkent;
US757/758 Toshkent — Termiz — Toshkent;
US501/502 Toshkent — Namangan — Toshkent;
US801/802 Toshkent — Buxoro — Toshkent;
US401/402 Toshkent — Farg‘ona — Toshkent;
US851/852 Toshkent — Navoiy — Toshkent.
Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lovchilar avval xarid qilingan chiptalar uchun to‘liq pulni qaytarib olishlari yoki bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lsa, boshqa yo‘nalishlarga qayta band qilish xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Silk Avia — Uzbekistan Airports tomonidan tashkil etilgan loukoster bo‘lib, parvozlarni 2023 yil 25 aprelda boshlagan. 2023 yil oktabr oyida prezident qarori bilan kompaniya Uzbekistan Airways tarkibiga kiritilgan, biroq brendi saqlab qolingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!