Jamiyat, Madaniyat

Mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan ichki turizmni rivojlantirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida bir qator imtiyozlar joriy etildi.

Qarorga ko‘ra:

Respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan mehmonxonalar, mehmon uylari va xostellarda xizmat narxlariga,

“Vaqf” xayriya jamoat fondi va Madaniy meros agentligi tasarrufidagi madaniy meros ob’ektlariga kirish chiptalariga,

Shuningdek ayrim ekskursiya va sayohat xizmatlariga 20 foizgacha chegirmalar tatbiq etiladi.

Mazkur chegirmalarning asosiy maqsadi fuqarolarni mamlakatning tarixiy, madaniy va tabiiy boyliklari bilan kengroq tanishtirish hamda ichki turizm salohiyatini oshirishdan iborat.

Shu bilan birga, turizm sohasi vakillari va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, ichki turizm yarmarkalari va bayram aksiyalari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.