Surxondaryoda ekologiya xodimlari, Milliy gvardiya va jamoatchi inspektorlar hamkorligida o‘tkazilgan reyd davomida daraxt qo‘porish holati aniqlandi.
Jarqo‘rg‘on tumani “Oltintepa” mahallasida yashovchi fuqaro M.X. ichki ariq qazish vaqtida ehtiyotsizlik qilib jiyda daraxtini qo‘porib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi asosida bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga 10 mln 300 ming so‘m jarima belgilandi.
Bundan tashqari, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 9 mln 888 ming so‘m etib hisoblandi. Natijada fuqaro jami 20 mln 188 ming so‘m miqdorida tovon to‘laydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!