Madaniyat

Samarqandda start-up loyihalar va yangi turistik obyektlar taqdim etildi

Samarqandda start-up loyihalar va yangi turistik obyektlar taqdim etildi

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Samarqand shahridagi yangi “Traditional Square” turizm master-klasslar majmuasi bilan tanishdi. Safar davomida viloyatda rejalashtirilgan start-up loyihalar va turistik obyektlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Sayyohlar uchun yaratilayotgan sharoitlar doirasida “Grand Changan” xitoy restoranining faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, “Bog‘ibaland” turizm mahallasi va undagi “Anjirzor” hududida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xorijiy turistlarni keng jalb etish maqsadida hududdagi issiqxonada yil oxirigacha anjirning yangi navlarini yetishtirish rejalashtirilgan.

Tashrif Samarqandning turizm salohiyatini kengaytirish va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam bo‘ldi.