Jahon

TIV: O‘zbekiston fuqarolari dunyoning istalgan nuqtasida davlat himoyasida 

TIV: O‘zbekiston fuqarolari dunyoning istalgan nuqtasida davlat himoyasida 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) «O‘zbekiston fuqarolari dunyoning istalgan nuqtasida davlat himoyasida» ekanini bildirdi.

Oldinroq, ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik shaxs o‘zbekistonlik mehnat muhojiri – taksi haydovchisini haqorat qilayotgani aks etgan video tarqalgandi. Videoda rossiyalik kimsa haydovchiga: «Sen ruslarning qulisan! O‘zbekistonda hech narsa yo‘qligi uchun bizning xizmatimizni qilishga kelgansan», degan so‘zlar bilan haqorat qilgandi.

Ushbu tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.