Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Mazkur majmua yurtimiz tarixidagi muhim voqealar, buyuk alloma va jahongir bobolarimiz siymolari aks etgan holda, Mustaqillik ramziga aylangan. Uning yuqori qismidagi Humo qushi O‘zbekiston gerbi hamda xalqimizning ezgu qadriyatlarini ifodalaydi.

Davlat rahbari avvalroq ushbu monument ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash xalqimiz sharafiga barpo etilgan buyuk obida ekanini ta’kidlagan edi.
Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!