Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii bilan uchrashdi.

Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va barqaror rivojlanish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.

Shu kuni Orolbo‘yi mintaqasidagi uchta qo‘riqlanadigan hudud — Qizilqum davlat qo‘riqxonasi, “Saygachiy” qo‘riqxonasi va Quyi Amudaryo biosfera rezervatiga zamonaviy texnikalar topshirildi.

Texnika to‘plamlariga quyosh panellari, gibrid generatorlar, fotoqopqonlar, tungi ko‘rish moslamalari va dala jihozlari kiradi. Ular hududni samarali himoya qilish, noyob qushlar migratsiyasini kuzatish hamda ekotizim o‘zgarishlarini monitoring qilish imkonini beradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!