2025-yil 19–28-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ko‘magida fransuz foto-videooperatori Yohan Le Rou mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Jurnalist Toshkent, Samarqand, Nukus va Mo‘ynoqqa safar qilib, “Holiday Magazine” jurnalining Samarqandga bag‘ishlangan maxsus soni uchun eksklyuziv materiallar tayyorladi.

Mazkur loyiha sayohatlar, moda va madaniy meros mavzularini yorituvchi xalqaro nashr bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Uning asosiy maqsadi — O‘zbekistonning sayyohlik hamda madaniy salohiyatini jahon auditoriyasiga keng targ‘ib etishdir.

Ushbu tashabbus O‘zbekistonning xalqaro maydonda o‘zini jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatida namoyon etish va mamlakatning ijobiy imidjini mustahkamlash yo‘lidagi intilishlarini yana bir bor tasdiqlaydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!