Jahon

Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi

Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mashhur Niagara sharsharasi Markaziy Osiyo respublikalarining davlat bayroqlari ranglarida yoritiladi. Bu haqda sharsharaning rasmiy veb-saytida ma’lumot berilgan.

Tadbir 31-avgust kuni kechqurun bo‘lib o‘tadi. Sharshara mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da (Toshkent vaqti bilan 1-sentabr, 07:30 da) O‘zbekiston bayrog‘i ramzlari bo‘lgan ko‘k, oq va yashil ranglarda yoritiladi. Yoritish 15 daqiqa davom etadi.

Soat 22:30 dan 22:45 gacha sharshara qizil va sariq ranglarda yoritilib, Qirg‘iziston mustaqilligi ham nishonlanadi.

Tadbir O‘zbekistonning Kanadadagi elchixonasi tomonidan diaspora vakillari hamkorligida uyushtirilmoqda.