Toshkentda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, BMTTD va NDC Partnership hamkorligida Hamkorlar muvofiqlashtiruvchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonning Parij kelishuvi doirasidagi majburiyatlari, yangilangan Milliy hissa (NDV 3.0) hamda uglerod neytralligiga erishish strategiyasi muhokama qilindi.
Ekologiya vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov iqlimiy maqsadlarga erishishda xalqaro hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladi. BMTTD vakili Akiko Fujii esa adolatli o‘tish va «yashil iqtisodiyot» imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!