Pekin shahrida O‘zbekiston Turizm ofisi ochildi. Marosim 1-sentyabr kuni, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’kidlanishicha, yangi Turizm ofisi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, Xitoyning yirik turistik kompaniyalariga O‘zbekiston bozoriga kirishda va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston tomoni 2030-yilga qadar mamlakatga tashrif buyuruvchi xitoylik sayyohlar sonini 3 million nafarga yetkazishni maqsad qilmoqda. Pekinda ochilgan Turizm ofisi mazkur ulkan maqsad sari tashlangan muhim qadam sifatida qayd etildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 2025-yil 1-iyundan 30 kunlik vizasiz rejim amal qilib kelmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!