Jamiyat

“Yangi Angren” IES havoni ifloslantirgani aniqlandi

“Yangi Angren” IES havoni ifloslantirgani aniqlandi

Ohangaron tumanidagi “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasi atmosfera havosiga zararli moddalar chiqarayotgani viloyat Ekologiya boshqarmasi tekshiruvlaridа tasdiqlandi. Holat ijtimoiy tarmoqlardagi shikoyatlar asosida o‘tkazilgan maxsus nazorat chog‘ida aniqlangan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, chang-gaz tozalash uskunalari ishlab chiqarish jarayonida chiqayotgan zararli moddalarni yetarlicha tozalay olmagan. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi qarori asosida kompensatsiya hisob-kitobi amalga oshirilgan hamda korxonaga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Kompensatsiya miqdori hozircha ochiqlanmagan.

Bu birinchi holat emas, 2024-yil fevralida ham IES filtrlar samaradorligi pasayib, me’yordan ortiq moddalar havoga chiqarilgani uchun korxona 1 mlrd 3 mln so‘m kompensatsiya to‘lagan edi.