Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirgan ikki shaxs firibgarlik ustida qo‘lga olindi.
Koson tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs 2024-yil sentyabridan 2025-yil iyuniga qadar fuqarodan uni DXXga ishga joylashtirish evaziga 30 ming AQSH dollari va 510 million so‘m olgan. Shuningdek, fuqaroning qarindoshini Qurolli Kuchlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, qo‘shimcha 4 ming dollarni qo‘lga kiritgan. U Qarshi shahrida navbatdagi 2 ming dollarni olayotganda qo‘lga olindi.
Yana bir holatda, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro boshqasini DXXga ishga kiritib qo‘yish evaziga 7 ming dollar olayotganda ushlangan.
Hozirda har ikki shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!