O‘zbekistonda avtomobil davlat raqami belgilarida ism yoki maxsus so‘z yozish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan “Uzavtomotobelgi” DUK oltitagacha harf yoki raqam kombinatsiyasidan iborat “noyob” davlat raqami belgilarini ochiq kim oshdi elektron savdolar orqali taqdim etadi.
Bunday raqamlar amaldagi belgilarni takrorlamasligi, shuningdek qonunchilik va axloqiy me’yorlarga zid bo‘lmasligi lozim.
Masalan, avtomobil raqamlarida “ERKIN”, “FOZIL”, “AHMAD” yoki “BUXORO” kabi yozuvlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!