Madaniyat

Buxoroda zamonaviy san’at biyennalesining birinchi kuni o‘tkazildi

Buxoroda zamonaviy san’at biyennalesining birinchi kuni o‘tkazildi

Buxoroda ilk bor zamonaviy san’at biyennalesi boshlandi. Unda rassomlar, hunarmandlar, dizaynerlar va tadqiqotchilar ishtirok etib, madaniy turizm uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.

70 dan ortiq asar qadimiy ansambllarda namoyish etilib, tarixiy devorlarga zamonaviy ohang bag‘ishladi. Bu orqali Buxoro nafaqat tarixiy yodgorlik, balki sayyohlar uchun jozibador madaniy markaz sifatida ham gavdalandi.

Tadbir an’ana va zamonaviylikni uyg‘unlashtirish orqali O‘zbekistonning xalqaro madaniy maydondagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.