Jamiyat

Toshkentda havo tozaligi bo‘yicha muloqot o‘tkazildi

Toshkentda havo tozaligi bo‘yicha muloqot o‘tkazildi

Toshkentdagi Markaziy ekoparkda “Moviy osmon uchun toza havo” xalqaro kuniga bag‘ishlab “Toza havo, sog‘lom shaharlar va iqlim barqarorligi” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar havo sifatini yaxshilash, shahar barqarorligini oshirish va ilmiy asoslangan shaharsozlik masalalarini muhokama qildi.

Ekologiya vazirligi maslahatchisi Alisher Salomov mamlakatda “Avtomobilsiz kun”, “Toza havo” oyligi kabi aksiyalar o‘tkazilayotganini aytdi.

“Zamin” fondi direktori Aziz G‘aniyev 23 ta avtomatlashtirilgan stansiya ishga tushirilgani va yagona elektron tizim yaratilganini ma’lum qildi.

Finlyandiya meteorologiya instituti vakili Katya Lyoven O‘zbekiston bilan 10 yillik hamkorlik doirasida havo ifloslanishidan erta ogohlantirish loyihalari amalga oshirilayotganini bildirdi.

Tadbir BMT Taraqqiyot dasturi va Yaponiya hukumati ko‘magida tashkil etildi.