Ilm-fan

Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplab beriladi

Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplab beriladi

O‘zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish borasida izchil ishlar davom etmoqda.

2025–2026 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasida tahsil olayotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt mablag‘lari davlat hisobidan qoplab beriladi. Tashabbus xotin-qizlarning oliy ta’limdagi ishtiroki va ilm-fanga qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ariza topshirish tartibi

– Arizalar 2025 yil 15 sentyabrga qadar ta’lim olayotgan OTM rahbari nomiga topshirilishi shart. Keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

– Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi, umumiy ro‘yxat esa 5 ish kunida vazirlikka yuboriladi.

– Kontrakt qoplanishi haqidagi buyruq 2025 yil 15 oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Imtiyozdan foydalanmaydigan toifalar

– Muddatidan kechiktirilgan arizalar;

– Tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘quvchilar;

– Nodavlat OTM magistraturasida tahsil olayotganlar.

Mazkur davlat yordami xotin-qizlar uchun faqat moliyaviy yengillikgina emas, balki ularning bilim olish, kasbiy o‘sishi va jamiyatda faol ishtirok etish imkoniyatlarini ham kengaytiradi.