O‘zbekiston

60 ming o‘qituvchi 10–12 million so‘m maosh olyapti – Prezident

60 ming o‘qituvchi 10–12 million so‘m maosh olyapti – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayapti.

Davlat rahbari ta’lim va muallimlarning o‘rni beqiyosligini ta’kidlab, sifatli ta’lim orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkinligini qayd etdi.

Shuningdek, 60 mingdan ortiq o‘qituvchi 10–12 million so‘m maosh olayotgani, maktab direktor va bog‘cha mudiralari oyligi 10 million so‘mdan oshgani ma’lum qilindi. Yangi baholash tizimiga o‘tgan ayrim maktablar esa butun jamoasi bilan 40 foizgacha ustama olmoqda.

Prezident o‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazish haqidagi va’dasi qisqa muddatda amalga oshirilganini eslatib o‘tdi.