Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, shaxsni tasvirga tushirish va undan foydalanish faqat rozilik asosida amalga oshiriladi. Agar shaxs muomalaga layoqatsiz bo‘lsa, rozilik uning qonuniy vakili tomonidan, vafot etgan taqdirda esa hayotligida rozilik bermagan bo‘lsa, uning vorislari tomonidan beriladi.
Loyihada bolalar ham mustaqil huquq subyekti sifatida belgilanyapti. Unga ko‘ra, 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar nomidan rozilik ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan beriladi. 16 yoshdan boshlab esa, bola o‘zi mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, loyihada videokuzatuv tizimlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bino va inshootlarda kuzatuv kamerasi o‘rnatilganda, bu haqda ogohlantiruvchi belgi qo‘yilishi shartligi belgilab qo‘yilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!