O‘zbekiston

Har bir viloyatda ikkitadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” tashkil qilinadi

Har bir viloyatda ikkitadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” tashkil qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida kadrlar tayyorlash va kasbga o‘rgatish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, kasbga o‘rgatish jarayonida Xitoy tajribasini joriy etish maqsadida har bir viloyatda ikkitadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” tashkil etiladi.

Shuningdek, oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish uchun 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinishi belgilangan.

Davlat rahbarining Xitoyga tashrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi yirik kompaniyalar bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi kelishib olingani ta’kidlandi.

Bunday loyihalarni amalga oshirish uchun zamonaviy texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab kadrlar talab etilishi qayd etildi.