O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi Surxondaryo viloyati uchun yangi “Surxon vohasi – turizm uchburchagi” turistik xaritasini taqdim etdi.
Mazkur xarita viloyatdagi tarixiy yodgorliklar, muzeylar, ziyoratgohlar, milliy madaniyat markazlari va tabiiy manzillarni bir yo‘nalishga jamlab, uchburchak shaklida taklif etadi.
Xaritada qadimiy maqbaralar va qal’alar, hunarmandchilik markazlari, muzeylar va me’moriy obidalar belgilangan bo‘lib, har bir maskan haqida qisqa ma’lumot keltirilgan.
“Turizm uchburchagi” sayohatchilar uchun yo‘nalishlarni qulay rejalashtirish va mashhur bo‘lmagan, ammo qiziqarli manzillarni ham kashf etish imkoniyatini yaratadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!