Jamiyat

Qandim o‘simligini sindirib olib ketgan fuqaro jarimaga tortildi

Qandim o‘simligini sindirib olib ketgan fuqaro jarimaga tortildi

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan cho‘l hududida o‘sadigan saksovul, cherkez, qandim hamda yulg‘un o‘simliklarini muhofaza qilish bo‘yicha muntazam reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jondor tumani Ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirida fuqaro R.M. qandim o‘simligini sindirib olib ketayotganida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi asosida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada unga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari — 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Bundan tashqari, tabiatga 1 million 483 ming so‘m zarar yetkazilgani hisoblab chiqildi. Shunday qilib, huquqbuzar jami 11 million 783 ming so‘m to‘lovni amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Mutasaddilar taʼkidlashicha, ekologik nazorat reydlari hududlarda davom ettiriladi.