Jamiyat

Oq boshli qumoy tabiat bag‘riga qaytarildi

Oq boshli qumoy tabiat bag‘riga qaytarildi

Samarqand viloyatida ekologlar va Omonqo‘ton milliy tabiat bog‘i xodimlari oq boshli qumoy qushini tabiatga qo‘yib yubordi.

Qush avvalroq Toyloq tumanidagi xonadonlar yaqinida ochlik va holsizlik sabab ucholmay qolgan. U Zarafshon milliy tabiat bog‘i reabilitatsiya markaziga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgach, qayta tiklandi.

Ma’lumot uchun, oq boshli qumoy O‘zbekiston Qizil kitobi, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Qizil ro‘yxati hamda CITESning II ilovasiga kiritilgan noyob qush hisoblanadi.

U tog‘ etaklari va dengiz sathidan 700–2500 metr balandlikdagi hududlarda uyalaydi, tekisliklarga ham ko‘chib yuradi va asosan tuyoqlilar o‘laksasi bilan oziqlanadi.