Zomin tumanining Duoba QFY hududida joylashgan “Zomin” turistik-rekreatsion zonasida ekologik talablar asosida barpo etilayotgan “Suffa Shalle” kottedjlar majmuasi foydalanishga tayyorlanmoqda.

Loyiha 6,7 gektar maydonda joylashib, 5 gektar hududda 29 ta “Shalle” uslubidagi zamonaviy kottedj qurilishi rejalashtirilgan. Hozirga qadar ularning 19 tasi to‘liq qurilib, jihozlandi. Majmua bir vaqtning o‘zida 150 dan ortiq sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Kottedjlar tabiiy yog‘och materiallardan qurilib, suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan, zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlangan.
“Suffa Shalle” nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar uchun ham jozibador dam olish maskaniga aylanishi, shuningdek, mamlakatimiz turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!