Joriy yilning dastlabki 8 oyida Toshkent shahrida atmosfera havosini yaxshilash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-fevraldagi farmoyishiga asosan 12 ta hududiy ishchi guruh tuzilib, 150 nafardan ortiq mutaxassis jalb qilindi. Yanvar–avgust oylarida 1452 obyekt xatlovdan o‘tkazildi, 174 ta tungi reyd chog‘ida 281 ta qonunbuzarlik aniqlanib, 154 nafar shaxsga ma’muriy bayonnoma tuzildi. 20 ta obyekt faoliyatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha sudga ariza kiritildi.
Hududlarda 11 ta zamonaviy qozon, 19 ta filtr va 12 ta chang tozalash moslamalari o‘rnatildi. Shuningdek, yirik sanoat korxonalari tomonidan 2025-yilda 200 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, bahor mavsumida 79 mingdan ortiq ko‘chat ekildi.
Bundan tashqari, “Toza havo” oyligining birinchi bosqichida 40 mingdan ortiq avtomashina tekshirilib, 586 tasida me’yoridan ortiq zararli gaz chiqishi aniqlangan va kamchiliklar bartaraf etildi. Natijada 4,7 ming tonna zararli tashlama havoga chiqishining oldi olindi.
Hozirda “Toza havo” oyligining ikkinchi bosqichi (10-sentabr – 10-oktabr) davom etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!