2025-yilgi Butunjahon turizm kuni “Turizm va barqaror transformatsiya” mavzusida o‘tkaziladi. Unda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va iqlim o‘zgarishlariga chidamlilikni oshirish masalalari asosiy yo‘nalish etib belgilandi.
Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, chiqindilarni kamaytirish, bioxilma-xillikni saqlash va ekotizimlarni muhofaza qilish ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda ekologiya va turizmni uyg‘un rivojlantirish bo‘yicha qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Xususan, Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro iqlim forumida global isish va uch tomonlama sayyora inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan ilmiy yondashuv hamda innovatsion yechimlar muhokama qilindi.
Shuningdek, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash, ko‘chib yuruvchi hayvonlarni asrash masalalariga bag‘ishlangan COP14, CRIC-21 va UNWTO Bosh assambleyasi kabi yirik tadbirlarda ham O‘zbekiston faol qatnashdi.
Joriy yilning 24-noyabr – 5-dekabr kunlari CITES COP20 konferensiyasida noyob flora va fauna vakillarini muhofaza qilish masalasi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, joylardagi ekologik vaziyatni hisobga olib, ekoturizmga yangi yondashuv sohaning barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Shu bois Butunjahon turizm kunining bu yilgi mavzusi O‘zbekiston uchun ham dolzarbdir.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!