2024-yil oxiri va 2025-yil boshida Toshkent shahri yaqinidagi 630 ta issiqxonada ekologik monitoring ishlari amalga oshirildi. Natijada 40 ta issiqxonada rezina bo‘laklari va avtomobil shinlarini yoqish holatlari aniqlandi. Shuningdek, dudbo‘ron tizimidan foydalanish qoidalari ham buzilgani qayd etildi.
Mazkur holatlar bo‘yicha 40 ta issiqxonaga ma’muriy choralar qo‘llanildi. Ekologik talablarni bajarmagan 32 ta issiqxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatish uchun sudlarga da’vo arizalari kiritildi.
2025-yilda 195 ta korxona tomonidan 824 ta chang-gaz tozalash uskunasi o‘rnatildi yoki modernizatsiya qilindi. Qonunbuzarliklar sababli 91 ta holatda ma’muriy jazo qo‘llanildi, 57 ta korxona faoliyati kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatildi.
Mutaxassislar ta’kidlaganidek, shinalarni yoqish paytida atmosferaga dioksin, furan va boshqa zaharli moddalar chiqadi. Bu atrof-muhit va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi.
Ekologiya vazirligi barcha korxonalarni ekologik standartlarga amal qilishga chaqiradi. Atrof-muhitga zarar yetkazadigan har qanday faoliyat qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatib o‘tilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!