O‘zbekistonda tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi jadal rivojlanmoqda. Xususan, Jizzax viloyatining Zomin tumanida zamonaviy sanatoriylar va davolash maskanlari xorijiy sayyohlarni qabul qilmoqda.
Viloyatdagi “Azim Zomin Shifo” va “Zomin NKMK” sog‘lomlashtirish markazlariga OAV vakillari va blogerlar ishtirokida info-tur tashkil etildi. Unda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, diagnostika bazasi hamda yurak-qon tomir, nafas olish organlari va asab tizimi kasalliklarini davolash imkoniyatlari taqdim etildi.

Hozirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, BAA, Germaniya va Pokistondan kelgan sayyohlar ushbu maskanlarda nafaqat sog‘lig‘ini tiklamoqda, balki Zominning go‘zal tabiatini o‘rganish maqsadida ham sayohat qilmoqda.

Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!