Jamiyat

Readmissiyadan o‘tgan fuqarolarga xorijga chiqish pasporti berish tartibi tasdiqlandi

Readmissiyadan o‘tgan fuqarolarga xorijga chiqish pasporti berish tartibi tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan istisno holatlarda readmissiyadan o‘tgan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish tartibi tasdiqlandi. Hujjat 2025-yil 30-sentyabr kuni 3682-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ma’lumotlarning kiritilishi

Ma’lumotlar “Pasport-viza” tizimiga Migratsiya va shaxsni identifikatsiyalash departamenti orqali kiritiladi.

Pasport quyidagi hollarda beriladi:

1. Xorijda yaqin qarindoshining vafot etishi;

2. Fuqaro yoki uning qarindoshiga chet elda tibbiy yordam zarur bo‘lganda;

3. Xalqaro olimpiada, ta’lim dasturlari yoki sport musobaqalarida ishtirok etish;

4. Chegaradosh hudud yoki anklavlarda yashash;

5. Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi topshirig‘ini bajarish.

Ariza topshirish tartibi

Fuqarolar arizalarni Migratsiya va shaxsni identifikatsiyalash departamenti yoki uning hududiy boshqarmalariga taqdim etadi.