2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda 50 yildan ko‘proq ishlatilgan avtomototransport vositalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Faqat antikvar maqomiga ega avtomobillar ushbu cheklovdan ozod etiladi.
Mazkur tartib hukumatning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qarorlari asosida joriy etilmoqda.
Qonun loyihasida, shuningdek, 44 tonnadan ortiq yuk tashuvchi transport vositalari va antikvar avtomobillar uchun alohida davlat raqam belgilari kiritilishi ham nazarda tutilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!