Iqtisod, Jamiyat

O‘zbekistonda nasiya savdosi ishtirokchilari uchun qoida va talablar belgilanadi

O‘zbekistonda nasiya savdosi ishtirokchilari uchun qoida va talablar belgilanadi

Markaziy bank nasiya savdo bozori ishtirokchilari uchun Axloq kodeksi loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.

Hujjatda isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholining qarz yuki oshib ketishini oldini olish, bozor ishtirokchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat yaratish va moliyaviy tizim barqarorligini taʼminlash maqsad qilingan.

Kodeks talablariga ko‘ra, nasiya savdo bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar FinTex assotsiatsiyasi aʼzosi bo‘lishi shart. Ularga maxsus ishonch belgisi beriladi hamda ro‘yxat assotsiatsiya saytida eʼlon qilinadi.

2025-yil 1-noyabrgacha ushbu belgini olish ixtiyoriy va yengillashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Shu sanadan boshlab esa jarayon majburiy bo‘ladi va tadbirkorlik subyektlarining kodeksga muvofiqligi mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan tekshiriladi.

Shuningdek, kodeks talablariga rioya qilinishi har uch yilda qayta o‘rganib borilishi belgilangan.