Jinoyat

Navoiyda yirik miqdordagi noqonuniy kripto aylanma fosh etildi

Navoiyda yirik miqdordagi noqonuniy kripto aylanma fosh etildi

Navoiy viloyatida noqonuniy kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Kiberxavfsizlik markazi ma’lumotiga ko‘ra, ular 104 mlrd so‘mlik (8,6 million dollar) kripto operatsiyalarni amalga oshirgan.

Guruh a’zolari One Payments va P2P Trade ilovalari orqali turli bank kartalarini ulab, noqonuniy daromad topgan. Tadbir davomida plastik kartalar, telefonlar va kompyuter texnikalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.