Jahon

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Trampga emas, Mariya Korina Machadoga berildi

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Trampga emas, Mariya Korina Machadoga berildi

Tinchlik bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machadoga topshirildi. Nobel qo‘mitasi uning Venesuela xalqining demokratik huquqlari uchun olib borgan kurashini e’tirof etdi.

Avvalroq xalqaro OAV mukofot AQSH prezidenti Donald Trampga berilishi mumkinligini muhokama qilgan edi. Biroq qo‘mita yakunda Machado nomzodini tanladi.

Mariya Korina Machado Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning tanqidchisi sifatida tanilgan. U siyosiy bosimlarga qaramay, mamlakatda erkin saylovlar va fuqarolik huquqlari uchun kurashni davom ettirgan.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti an’anaviy ravishda Norvegiya poytaxti Osloda topshiriladi. Mukofot miqdori 11 million shved kronasini (taxminan 900 ming yevro) tashkil etadi.