Toshkent viloyati bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ohangaron tuman hokimligining bosh yuriskonsulti pora olayotganda ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, u “Eyvalek” mahallasida joylashgan, hokimlik balansida bo‘lgan uy-joyni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1500 dollar olgan paytda qo‘lga olingan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxs avval ham bir necha bor sudlangan bo‘lsa-da, xulosa chiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!