Jamiyat, Madaniyat

O‘zbekiston bo‘ylab tozalik va ozodalik oyligi boshlandi

O‘zbekiston bo‘ylab tozalik va ozodalik oyligi boshlandi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, 15-oktabrdan boshlab respublika bo‘ylab tozalik va ozodalik oyligi boshlandi.

Oylik davomida mahallalar, ta’lim muassasalari, ko‘chalar va aholi yashash hududlarida keng ko‘lamli tozalik ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, volontyorlar va yosh eko-faollar ishtirokida turli aksiyalar va plogging tadbirlari o‘tkaziladi.

Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi xodimlaridan iborat maxsus shtablar ekologik nazoratni kuchaytiradi. Shu bilan birga, onlayn kuzatuv kameralari orqali chiqindilar holati doimiy monitoring qilinadi.

Vazirlik hududlarni tozalashda befarq bo‘lmaslikka, chiqindini belgilanmagan joylarga tashlamaslikka chaqirdi.

Atrof-muhitni ifloslantirish holatlari haqida 1157, 1207 qisqa raqamlari yoki @ecogovuz_bot orqali xabar berish mumkin.