“O‘zbekiston respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (“O‘zmilliybank”) Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan “Xastimom” turistlik markaziga tegishli bir qator ko‘chmas mulk obyektlarini sotuvga chiqardi.

Sotuvdagi majmua Islom sivilizatsiyasi markaziga tutash hududda joylashgan bo‘lib, quyidagi inshootlarni o‘z ichiga oladi:
- 56 o‘rinli va 300 joyli restoranga ega “Buxoro” mehmonxonasi;
- 30 o‘rinli va 300 joyli restoranga ega “Samarqand” mehmonxonasi;
- umumiy maydoni 866 m² bo‘lgan “Bog‘dod” restorani;
- umumiy maydoni 930 m² bo‘lgan “Madina” restorani;
- maydoni 29 m² dan 632 m² gacha bo‘lgan 25 ta savdo nuqtasi.

To‘lov shartlariga ko‘ra, oldi-sotdi shartnomasi imzolangan kundan boshlab 20 kun ichida qiymatning 30 foizi, qolgan 70 foizi esa kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan keyin 1 oy ichida to‘lanadi.

Shuningdek, investorlar zarur hollarda “O‘zmilliybank”dan mulk qiymatining 70 foizigacha kredit olish imkoniyatiga ega.
Qo‘shimcha ma’lumot olish yoki uchrashuv tashkil etish uchun “NBU Invest Group” AJga murojaat qilinadi:
📍 Manzil: Toshkent sh., Mirobod tumani, Y. G‘ulomov ko‘chasi, 95-uy (8-qavat)
📞 Tel: +998 78 148-26-58
📧 E-mail: info@nbuig.uz
👤 Aloqa uchun: Akbar Riskulov — +998 97 443-42-82, ariskulov@nbuig.uz
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!