Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 16-oktabr kuni respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlarda chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bog‘liq 443 ta holat qayd etilgan.

Huquqbuzarlarga nisbatan jami 310,3 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan. Shu bilan birga, 1095 ta korxona va fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan, hududlarda tozalash ishlari amalga oshirilgan.

Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va IIB vakillaridan iborat ishchi guruhlar doimiy ekologik nazoratni yo‘lga qo‘ygan. Onlayn kuzatuv kameralarining faoliyati ham kuchaytirilgan.
Ma’lum qilinishicha, 15-oktabr kuni o‘tkazilgan reydlarda ham 300 dan ortiq qonunbuzarlik aniqlanib, 220 million so‘mdan ortiq jarima belgilangan edi. Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!