Madaniyat

Toshkentda «HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025» ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Toshkentda «HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025» ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

21–23-oktyabr kunlari Toshkentda Xalqaro HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida “Xizmat va qulaylikka investitsiyalar: HoReCa uchun biznes yechimlari” mavzusida konferensiya tashkil etiladi.

Forumda mehmonxona va restoran biznesidagi zamonaviy trendlar, innovatsiyalar, raqamli yechimlar hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Shuningdek, franchayzing, gastroturizm, yangi bozorlarga chiqish va mintaqaviy rivojlanish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Konferensiyada Turizm qo‘mitasi vakillari, sohaga oid ta’lim muassasalari rahbarlari, xalqaro ekspertlar va biznes yetakchilari ishtirok etadi. Ular mehmondo‘stlik sohasida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini rivojlantirish va yoshlar uchun yangi karyera imkoniyatlari haqida fikr almashadi.

Tadbir Turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston Mehmonxonalar uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda. HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025 O‘zbekistonda mehmondo‘stlik sohasini rivojlantirish, tajriba almashish va yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydonga aylanishi kutilmoqda.