Madaniyat

Euronews sayyohlarni O‘zbekiston bozorlarining betakror muhitini kashf etishga chorlaydi

Euronews sayyohlarni O‘zbekiston bozorlarining betakror muhitini kashf etishga chorlaydi

Euronews telekanali “Ipak yo‘li sarguzashtlari” ko‘rsatuvining navbatdagi lavhasida O‘zbekistonning rang-barang bozorlariga e’tibor qaratildi.

Lavhada Toshkentdagi mashhur Chorsu bozori, uning moviy gumbaz ostidagi me’morchiligi va yuzlab savdo rastalari tasvirlangan. Shuningdek, tomoshabinlar Oloy va Mirobod bozorlari bilan ham tanishadi.

Samarqandda dastur ijodkorlari Registon maydoni yonidagi Siyob bozoriga va Urgut bozoriga tashrif buyurishdi. Buxoroda esa bozorlar zargarlik buyumlari va milliy bosh kiyimlar savdosining markazlari sifatida ko‘rsatildi.

Ko‘rsatuv orqali sayyohlar O‘zbekiston bozorlarining o‘ziga xos madaniyati va ruhini yaqindan his qilishlari mumkin.