Bugun, 23-oktabr — Butunjahon qog‘ozsiz kuni (World Paper Free Day). Har yili oktabr oyining to‘rtinchi payshanbasida o‘tkaziladigan ushbu ekologik tashabbus insonlarni kamida bir kun qog‘ozsiz ishlashga chaqiradi.
Tadbirning maqsadi — bitta qog‘oz varag‘ini ishlab chiqarish uchun qancha suv, energiya va yog‘och sarflanishiga e’tibor qaratish, hamda raqamli, ekologik toza yechimlarni targ‘ib qilishdir.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 400 million tonnadan ortiq qog‘oz ishlab chiqariladi. Bitta varaqni tayyorlash uchun o‘rtacha 10 litr suv sarflanadi, ishlab chiqarish jarayonida esa o‘rmonlarning katta qismi kesiladi.
O‘rmonlarni asrash va chiqindilarni kamaytirish har birimizning qo‘limizda:
Faqat zarur paytda qog‘oz chop eting;
Hujjatlarning har ikkala tomonidan foydalaning;
Elektron hujjatlar va raqamli arxiv tizimlariga o‘ting;
Qog‘ozni qayta ishlashga topshiring.
Daraxtlarni asrang — ular hayot manbai, toza havo va suv kafolatidir.
Bugungi kunni ekologik ong va tabiatga mehr bilan o‘tkazing! 🌱
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!