Toshkent shahri va viloyatida atmosfera havosining ifloslanishiga qarshi qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi chora-tadbirlar rejasi hozirda Vazirlar Mahkamasi ko‘rib chiqmoqda.
Loyiha asosiy e’tiborni sanoat korxonalari va issiqxonalar chiqindilarini kamaytirish, shuningdek, toza texnologiyalarni joriy etish masalasiga qaratgan.
Asosiy chora-tadbirlar
-
Issiqxonalar va sanoat korxonalarini ko‘mirdan muqobil yoqilg‘ilarga o‘tkazish.
-
Toshkent shahri va viloyatidagi ishlab chiqarish obyektlarida chang va gaz tozalash uskunalarini majburiy o‘rnatish.
-
Issiqxonalardagi eski qozonlarni energiya tejamkor va ekologik toza tizimlarga almashtirish.
-
Modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy rag‘bat va grant mexanizmlarini joriy qilish.
Maqsad
Reja atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar hajmini sezilarli darajada kamaytirish, poytaxt va viloyat aholisi uchun sog‘lom, xavfsiz va qulay muhit yaratish hamda ekologik sohada barqaror texnologik o‘zgarishlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!